Turk qoʻshinlari Suriyaga kirdi
Turkiya Qurolli Kuchlariga tegishli yirik harbiy konvoy Suriya shimolida joylashgan Munbich shahriga kirdi.
Mahalliy manbalarning yozishicha, konvoyda oʻnlab zirhli texnikalar, harbiy transport vositalari va shaxsiy tarkib mavjud.
Bu harakat mintaqada xavfsizlik choralarini kuchaytirish va strategik nazoratni taъminlash maqsadida amalga oshirilgani aytilmoqda.
Bosqinchi isroil hukumati esa turk qoʻshinlarining Munbichga kirishiga qattiq eъtiroz bildirgan.
Oldinroq Kann News nashri isroil Turkiyaning Suriyada havo va dengiz bazasi qurishiga yoʻl qoʻymasligi haqida yozgandi.
Taъkidlanishicha, agar Turkiya qizil chiziqlarni bosib oʻtsa, isroil kuch ishlatishga majbur boʻladi.












