Ubudiyat
-
Insonning nafsi ham uning jismiga oʻxshab ketadi. Ikkalasi ham doimiy poklanishga muhtoj. Er yuzidagi muhit insonning jismini chang-gʻubor bilan kirlatgani va inson oʻz badanining sogʻligʻi uchun bu narsalarni oʻzidan aritib borgani kabi nafs ham oʻziga zarar beradigan, yomon ishlarga, fitnalarga yaqin turishni istaydi va bu narsa uni takror-batakror tavba qilishga, gunohning izini daf qilishga muhtoj holga keltiradi.
-
Bugun Arafa! Bu kunda duo mustajob boʻladi.. Ehtiyojmand, gʻam-gʻussaga botgan va orzu-umid egalari uchun umidbaxsh bir kundir. Bu soniya va daqiqalar oltinga teng: duo qilishga shoshilaylik. Salaf solih ulamolarimiz aytishadi: "Ehtiyojlarimizni Arafa kuniga jamlab qoʻyar edik. Chunki, biz bu kunda duolar ijobat boʻlishiga qattiq ishonar edik". Shu oʻrinda bir iltimosimiz bor: duolaringizda Ustozimiz Mubashshir Ahmad domlani ham unutmang, bugundek qutlugʻ damlar hurmati, duosi maqbul insonlar hurmati, koʻpchilikning duosi hurmati ustozimizni tez orada ozod boʻlishlarini, yana koʻp yillar dinimiz va millatimiz xizmatida bardavom boʻlishlarini Alloh taolodan yolvorib soʻrang!..
-
Bugun kredit olish shunchalik osonlashdiki, ikki daqiqada jozibali shartlarda foizga pul olishingiz mumkin: hech qanday garovsiz, kafilsiz, kam foizga va uzoq muddat toʻlashga. Qanday yaxshi, shuncha muammolaringizga bir lahzada echim! Ammo...
-
Roʻzadan maqsad — taqvo. Ochu yalangʻochlar, muhtoju miskinlar holini his etish bilan neъmatlarga shukrona aytish va iymon lazzati, ibodat halovatidan bahramandlik bilan Allohga yaqin boʻlishdir roʻzaning asl mohiyati. Biz uni qanday tushunyapmiz va nechogʻli ado eta olyapmiz?
-
Ramazon - inson uchun oʻzini tarbiyalash imkoniyati. Bu oyda nafaqat Alloh taologa, balki insonlarga ham mehribonlik qilish muhimdir. Hadislarda keltirilishicha, roʻza tutish qiyinchiliklar bilan birga sabr va mehribonlikni oʻrgatadi. Kechirimli inson oʻz qalbini hasad, nafrat, adovat va gʻazabdan poklaydi.
-
Mana, Ramazonning birinchi oʻn kunligi ham hash-pash deguncha oʻtib ketdi. Koʻz ochib-yumguncha ikkinchi oʻn kunlik ham ortimizda qoladi. Shu boisdan imkon qadar bu kunlarning qadriga etib, ularni foydali amallar bilan oʻtkazish har bir musulmon uchun muhimdir. Umid qilamizki, quyidagi tavsiyalar va kunlik reja bu davrni samarali oʻtkazishingizga yordam beradi.
-
Ramazon oyi – islom ummati uchun eng fazilatli va barakali oylardan biri hisoblanadi. Bu oyda qilinadigan har bir yaxshi amalning ajri koʻpaytiriladi, ayniqsa, sadaqa va xayriya ishlari uchun beriladigan mukofot juda katta boʻladi. Ramazonda qanday xayr-saxovat borasida nimalar qilish mumkin - tavsiyalar.
-
Ramazon maъnaviy kamolotga erishish va hayot tartibini yaxshilash uchun ham eng yaxshi imkoniyatdir. Bu oyda vaqtni samarali boshqarish insonga nafaqat ibodatga, balki kundalik ishlarga ham etarlicha vaqt ajratish imkonini beradi. Ushbu maqolada Ramazon davomida vaqtni toʻgʻri boshqarish usullari, roʻza tutish jarayonida samaradorlikni oshirish va kun tartibini yaxshilash boʻyicha tavsiyalar keltiriladi.
-
Ramazon oyi dunyo boʻylab turli xalqlar tomonidan oʻziga xos urf-odatlar va marosimlar bilan nishonlanadi. Quyida ayrim mamlakatlardagi qiziqarli anъanalar bilan tanishasiz:
-
Paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v) saharlik qilishni tavsiya qilganlar, chunki u nafaqat roʻzaning engil oʻtishiga yordam beradi, balki baraka manbai hamdir. Saharlik inson sogʻligʻiga ijobiy taъsir koʻrsatadi, kun davomida kuch-quvvat beradi va nafaqat jismonan, balki ruhan ham barqaror boʻlishga yordam beradi.





















