Mamlakatlar AQSh bilan bojlarni olib tashlash boʻyicha kelishuvga erishmoqchi. CNN xabariga koʻra, prezident Donald Tramp AQSh bojlar joriy qilgan davlatlar kelishuvga erishish uchun Vashingtonga muzokarachilarni yuborayotganini aytgan.


8 aprelь kuni Respublikachilar milliy qoʻmitasi yigʻilishida Tramp koʻplab davlatlar vakillaridan yogʻilayotgan iltimosli takliflar haqida soʻz ochgan.

"Ular koʻpchilik, bari bu erga kelishadi, barchasi muzokarachilar”, deya qoʻshimcha qilgan AQSh Prezidenti.


Shuningdek, Oq Uy rahbari oʻz qarorlariga ishonchi komil ekanligini bildirgan. CNN Yaponiya va Janubiy Koreya vakillari allaqachon Vashingtonga joʻnab ketishgani, bir necha kundan keyin Italiya Bosh vaziri Jorja MeloningAQShga tashrifini maъlum qildi.


Eslatib oʻtamiz, Donald Tramp 2 aprelь kuni dunyoning 185 mamlakati hududidan keladigan tovarlarga boj joriy etishini maъlum qilgandi. 10% lik universal tariflar 5 apreldan kuchga kirdi.Individual tariflar 9 apreldan kuchga kiradi. Shu manzarada Amerika fond bozorida pasayish kuzatilmoqda.

Mavzuga aloqador