Qirgʻiziston parlamentida “ov”/“ova” va “vich”/“vna” qoʻshimchalari oʻrniga “uulu” (oʻgʻillar uchun), “qizi” (qizlar uchun) qoʻshimchalarini kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda. Ushbu loyiha tasdiqlanmay turib, parlament spikeri Nurlanbek Shakiev oʻz familiyasini Nurlanbek Turgʻunbek uuluga oʻzgartirdi.