false
Bu qamoqxonada 2011 yildan buyon 130 mingdan ortiq odam noinsoniy sharoitlar va qiynoqlar ostida hibsda saqlandi. 2011-2021 yillar davomida 30 mingdan ortiq mahbus qiynoqlar, tibbiy yordam koʻrsatilmagani yoki ochlik natijasida oʻldirilgan. Yakshanba kuni poytaxtga kirib kelgan muxoliflar "Sednaya" qamoqxonasidagi zulm davri tugaganini eʻʻlon qilishdi.
"Oq dubulgʻalilar" nomi bilan tanilgan Suriya fuqarolik mudofaasi Damashq yaqinidagi mashhur "Sednaya" qamoqxonasidagi mahbuslarning yashirin er osti kameralarida saqlanayotgani haqidagi xabarlarni tekshirayotganini maʻʻlum qildi.
"X" ijtimoiy tarmoqlarida faollar qamoqxonaga beshta maxsus guruh yuborganliklarini, ularga hibsxona tartibi bilan tanish boʻlgan shaxslar yordam berganini aytishgan.
“Guruhlar tarkibiga qidiruv-qutqaruv boʻlinmalari, buzish boʻyicha mutaxassislar, metall eshiklarni ochish guruhlari, itlar va shifokorlar kiradi. Bu guruhlar bunday murakkab operatsiyalarni amalga oshirish uchun yaxshi tayyorgarlikka ega”, deyiladi xabarda.
"Sednaya" qamoqxonasi muxoliflar Asad rejimi ustidan gʻalaba qozonganidan soʻng, koʻplab mahbuslar ozod qilingan qamoqxonalardan biridir.
Damashq viloyati maʻʻmurlari qamoqxonalardan mahkumlarni ozod qilish ishlari davom etayotganini, baʻʻzi mahbuslar bu erdagi talabga javob bermaydigan ventilyatsiya tizimi tufayli boʻgʻilib qolishayotganini bildirishgan.
Damashq munitsipaliteti ijtimoiy tarmoqlar orqali agʻdarilgan rejimning sobiq askarlari va qamoqxona xodimlaridan muxoliflarga qamoqxona kameralarining elektron qulflariga kirish kodlarini berishni soʻradi.
Ayni paytda tarmoqlarda qamoqxonalardan olingan videolar va Suriya shaharlari koʻchalarida ozodlikka chiqqan mahbuslar tasvirlari tobora koʻpayib bormoqda.
"Sednaya" qamoqxonasidagi yozuvlardan birida onasi bilan kamerada saqlanayotgan kichkina bolakay ham tasvirlangan.
Video yozuvlar Turkiyada joylashgan "Sednaya" qamoqxonasidagi mahkumlar va bedarak yoʻqolganlar uyushmasi (ADMSP) tomonidan eʻʻlon qilingan.
Tasvirlarda ona va bolani ozodlikka chiqarayot kishi “Assad quladi, qoʻrqmanglar!" deb ishontirishga uringan.
AFP tomonidan eʻʻlon qilingan videoda suriyaliklar Asad hukmronligi davrida minglab muxolifat tarafdorlari qiynoqqa solingan yoki qatl etilgan qamoqxonadan chiqqanlar orasidan oʻz yaqinlari bor yoki yoʻqligini qidirayotganini koʻrish mumkin.
Muxolifat kuchlari Suriyadagi shaharlar ustidan nazoratni qoʻlga kiritar ekan, ular yoʻlda qamoqxonadagi mahbuslarni ozod qilishdi.
2011 yilda boshlangan fuqarolar urushi davomida Bashar Asad boshchiligidagi rasmiy hukumat bu kabi qiynoqlar keng qoʻllanilgan lagerlarda yuz minglab odamlarni ushlab turishgan.
7 dekabrʻ, shanba kuni “Hayʻʻat Tahrir ash-Shom” (HTSh) shaharni egallagach, Homs harbiy qamoqxonasidan 3500 dan ortiq mahbusni ozod qilishgan.
Yakshanba kuni poytaxtga kirib kelgan muxoliflar "Sednaya" qamoqxonasidagi zulm davri tugaganini eʻʻlon qilishdi. Ozodlikka chiqqanlarning hikoyalari ham Asad davridagi eng dahshatli qonunbuzarliklarni ochishda yordam berishi mumkin.
2022 yilgi hisobotida ADMSP "Sednaya" fuqarolar urushi boshlanganidan keyin "samarali oʻlim lageriga aylangan"i haqida yozgandi.
Faollarning hisob-kitoblariga koʻra, 2011-2018 yillar davomida 30 mingdan ortiq mahbus qiynoqlar, tibbiy yordam koʻrsatilmaganligi yoki ochlik natijasida oʻldirilgan. Bir nechta ozod qilingan mahbuslarning koʻrsatmalariga asoslanib, 2018 va 2021 yillar orasida yana 500 kishi qatl etilgani maʻʻlum boʻldi.
2017 yilda Xalqaro Amnistiya "Sednaya" qamoqxonasi "odam soʻyish joyi" deb taʻʻriflangani va qatllarga eng yuqori darajada ruxsat berilganini qayt etgandi.
Oʻshanda Suriya rasmiylari ayblovlarni asossiz deb atagan va barcha qatllar belgilangan tartib asosida amalga oshirilayoganini taʻʻkidlagan edi.
Sednaya qamoqxonasida qiynoqlar, jinsiy zoʻravonlik va ommaviy qatllar minglab odamlarning qismatiga aylangan. Koʻpchilik qamoqdan chiqmagan va ularning oilalari koʻp yillar davomida qarindoshlarining tirik yoki oʻlikligini bilishmagan.
Sobiq mahbuslardan biri Umar yakshanba kuni BBC bilan suhbatda oʻsmirlik davridagi uch yillik qamoqdagi boshidan kechirganlarini aytib berdi.
Umar mahbuslarga murojaat qilar ekan: "Men siz his qilayotgan ogʻriq, yolgʻizlik va umidsizlikni bilaman, chunki dunyo sizga azob berishga imkon berdi va hech narsa qilmadi", deydi.
“Ular hatto meni juda yaxshi koʻrgan amakivachchamni qiynashga majbur qilishgan. Oʻshanda bu ishni qilmasam, ular ikkalamizni ham qatl qilishardi”, deya qoʻshimcha qiladi sobiq mahbus.
Britaniyada joylashgan Suriya inson huquqlari monitoringi markazi (SOHR) hisob-kitoblariga koʻra, 2011 yildan buyon 130 mingdan ortiq odam shunday sharoitlarda saqlangan. Ammo bu dahshatli muassasalarning tarixi ancha chuqurroqdir.
Hatto qoʻshni Livanda ham Suriya zindonida gʻoyib boʻlish qoʻrquvi mintaqada qulagan rejim hukmronlik qilgan davrda keng tarqalgan edi.
Nihoyat, Suriyada Bashar Asad rejimi tugatildi. Avvalroq Suriyada zolim Asadlarga – ota va oʻgʻilga nisbatan chuqur nafrat asosan aholini qoʻrqitish, qiynoqlar, oʻlim va tahqirlashning turli koʻrinishlari orqali jilovlab turilardi.
Shu bois muxoliflar oʻzlari zabt etgan har bir shaharda markaziy qamoqxonaga kirib, u erdagi minglab odamlarni ozod qilishdi.
Kelgusida oʻnlab yillar davomida atrofini qoplagan zulmatdan chiqayotgan bu odamlarning suratlari Suriyadagi zolim rejimning qulashini ifodalovchi asosiy ramzlardan biriga aylansa ajab emas.













