Gʻazoda vaziyat tobora keskinlashmoqda
2023 yil oktyabridan buyon isroil hujumlari oqibatida shahid boʻlgan falastinliklar soni 50 695 nafarga etdi. Soʻnggi bir sutkada yana 26 kishi qurbon boʻlgani va 113 kishi jarohatlangani maъlum qilindi. Umumiy yaradorlar soni 115 338 nafarga etgan.
Gʻazo hukumat axborotlariga koʻra, soʻnggi 20 kun ichida 490 bola oʻldirilgan, 18 martda oʻt ochishni toʻxtatish rejimi buzilganidan beri esa qurbonlar soni 1 350 nafarga etdi.
SAHWA’xabar berishicha, isroilning vaktsinalar olib kirishga qoʻygan taqiqi 602 000 nafar bolaning doimiy nogironlik va falaj xavfi ostida qolishiga sabab boʻlishi mumkinligi haqida Gʻazo sogʻliqni saqlash vazirligi ogohlantirgan.
Bundan tashqari, Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lammi Isroil kuchlari Britaniyaning ikki nafar parlament aъzosini hibsga olgani va parlament delegatsiyasi tarkibidagi rasmiylarga kirishga ruxsat bermaganini bildirdi, deyiladi OAV xabarlarida.
“Haaretz” gazetasiga koʻra, barcha isroillik asirlar hozirda Gʻazodagi tunnel tarmoqlarida saqlanmoqda. Manbalar isroil kuchlari Gʻazo hududining 40 foizini egallab, harbiy operatsiyalarda muhim natijalarga erishganini taъkidlamoqda.













