Parijdagi Olimpiada ochilishida mamlakat bayrogʻini koʻtarish ishonib topshirilgan isroillik dzyudochi Piter Palchik Gʻazoga tashlash uchun moʻljallangan bombalarga imzo chekdi. "Bu siz uchun mening mamnuniyatimdir", deb yozdi kelib chiqishi qrimlik boʻlgan Palchik ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan Isroil bombalari bilan tushgan surati ostiga.