Joriy yilda 30 ming afgʻonistonlik Saudiya Arabistoniga Haj safariga boradi. Allaqachon 230 kishidan iborat birinchi ziyoratchilar karvoni Madinaga yoʻl olgan. 


Afgʻoniston Haj va Vaqf vazirligiga koʻra, ziyoratchilarni tashish bir oy va ikki kun davomida 97 ta maxsus reysda amalga oshiriladi.


Afgʻoniston hukumati ziyoratchilarning butun safari davomida xavfsizlik, tartib va yuqori darajadagi xizmatni taъminlash uchun barcha choralarni koʻrayotganini taъkidlamoqda.


Jumladan, ziyoratchilar tashkiliy ishlarini va logistikasini yaxshilash maqsadida turli viloyatlarda maxsus Haj muvofiqlashtirish markazlari tashkil etilgan. Haj safari narxi har bir ziyoratchi uchun 3924 AQSh dollari miqdorida belgilangan.


Maъlumot uchun, Saudiya Arabistoni 2025 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari: Oʻzbekistonga - 15 ming, Tojikistonga — 7 ming, Qozogʻistonga — 4,5 ming, Qirgʻizistonga — 6,06 ming kvota ajratgan. Turkmanistonga qancha ajratilgani esa nomaъlum.

Mavzuga aloqador