Afgʻoniston-Pokiston chegarasidagi yopiq "Torxam" nazorat-oʻtkazish punktida toʻqnashuvlar sodir boʻldi va ular taxminan ikki soat davom etdi, deb xabar bermoqda Eurasia Daily.

Xodisa Ramazonning ikkinchi kuni yuz berdi. Bu vaqtda odatda Pokistondan Afgʻonistonga oziq-ovqat eksporti eng yuqori choʻqqiga etadi.

TRT World maъlumotiga koʻra, "Torxam" chegara punkti 10 kundan beri yopiq boʻlgan. Shu sababli chegara yaqinida Afgʻonistondagi inqiroz sharoitida zarur boʻlgan kundalik tovarlar ortib kelgan yuzlab yuk mashinalari toʻplanib qolgan.

Dushanba kuni Afgʻoniston ichki ishlar vazirligi rahbari toʻqnashuvlar tungi vaqtda boshlanganini va bir afgʻon chegarachisi halok boʻlganini maъlum qildi. Pokiston tomoni esa ikki fuqarosi yaralanganini xabar qildi.

Mavzuga aloqador