Suriyada hokimiyat almashdi. Vaqtincha hukumat maʻʻmuriyati rahbari Ahmad ash-Sharʻʻa mamlakatning oʻtish davridagi prezidenti sifatida eʻʻlon qilindi. Bu haqda SANA agentligi xabar bermoqda.

Yangi hukumat Suriya konstitutsiyasini bekor qildi va parlamentni tarqatib yuborishini eʻʻlon qildi. Shuningdek, mamlakatdagi barcha xavfsizlik kuchlari va qurolli tuzilmalar faoliyati tugatilishi, ularning oʻrniga fuqarolar xavfsizligini taʻʻminlaydigan yangi tuzilma tashkil etilishi maʻʻlum qilindi.

"Suriyada hokimiyatdagi boʻshliqni toʻldirish, fuqarolar tinchligini saqlash, davlat institutlarini qurish va mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi uchun zamin yaratish ustuvor vazifalarimizdir", — dedi Ahmad ash-Sharʻʻa oʻz chiqishida.

Yangi prezident vakolatlari Suriyada yangi konstitutsiya qabul qilinishiga qadar amal qiladi. Sobiq prezident Bashar Asad tomonidan qabul qilingan bir qator qonunlar ham bekor qilindi.

Shuningdek, yangi hukumat 8 dekabrni "Buyuk Suriya inqilobi" gʻalabasi kuni sifatida milliy bayram deb eʻʻlon qildi. Mamlakatda 61 yil hukmronlik qilgan "Baas" partiyasi tarqatildi, uning boshqa nom bilan faoliyat yuritishi taqiqlandi.

Yangi hukumat oʻz rejalarini eʻʻlon qilar ekan, yangi konstitutsiyani ishlab chiqish bir necha yil davom etishi mumkinligini bildirdi. Shuningdek, mamlakatda yangi saylov tizimi tashkil etilib, umumiy saylovlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga aloqador