Amsterdamda isroilliklarga qarshi ommaviy hujumlar boshlandi
Amsterdamda mahalliy “Ayaks” bilan oʻyindan soʻng Tel-Avivning “Makkabi” futbol klubi muxlislariga bir qator hujumlar uyushtirildi, deb yozadi Times of Israel nashri.
Ijtimoiy tarmoqlarda isroillik futbol muxlislarining Amsterdamdagi binolardan birining derazasiga ilib qoʻyilgan Falastin bayrogʻini tushirishga harakat qilgani, keyinchalik Amsterdam koʻchalarida olomon tomonidan kaltaklangan bir guruh odamlar tasvirlari paydo boʻldi. Videoda nomaʻʻlum niqobli odamlar isroilliklar joylashgan mehmonxonalarga bostirib kirishga uringani aytiladi.
Isroil matbuoti bir kun avval mahalliy “Ayaks”ga 5:0 hisobida magʻlub boʻlgan Tel-Avivning “Makkabi” klubi muxlislari hujumga uchragani haqida xabar berdi. Ommaviy axborot vositalarining taʻʻkidlashicha, hujumchilarning baʻʻzilari Falastin bayroqlarini koʻtarib, "Falastinga ozodlik" deb hayqirgan.
Isroil TIV maʻʻlumotlariga koʻra, kamida 10 kishi jarohatlangan.
Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanyaxu Amsterdam politsiyasini “toʻpolonchilarga qarshi qatʻʻiy va tezkor harakat qilishga hamda fuqarolarining farovonligini taʻʻminlashga” chaqirdi. Shuningdek, u isroillik muxlislarni qaytarish uchun ikkita samolyot yuborilishini aytdi.













