Ispaniyadan haj ziyoratini ado etish uchun taxminan 3,5 oydan beri otda sayohat qilgan Abdulla Ernandes, Abdelkader Harkassi va Tariq Rodriges Istanbulga etib keldi.

Andalusiya musulmonlarining 500 yillik otda ziyorat qilish anъanasini jonlantirish va taxminan 3,5 oy oldin Ispaniya janubida boshlangan haj marosimlarini ado etishni maqsad qilgan uch doʻstning sayohati davom etmoqda.

Ziyoratchilar 8 ming kilometrlik yoʻl davomida Italiya, Sloveniya, Xorvatiya, Bosniya va Gertsegovina, Chernogoriya, Kosovo, Shimoliy Makedoniya, Bolgariya, Gretsiya va Turkiyadan oʻtib, Suriya orqali Saudiya Arabistoniga etib borishni maqsad qilgan.

Istanbul Sabahattin Zaim universiteti mezbonlik qilgan boʻlgʻusi hojilar universitet tomonidan uyushtirilgan tadbir doirasida Halkali kampusida talabalar va ularning yaqinlari bilan uchrashdi. 

Uchrashuvda soʻzga chiqqan Ernandesning aytishicha, 24 yoshida geografiya sohasida tahsil olayotgan paytda Injil va Qurъonni oʻrgangan va oyatlar uning eъtiborini tortgan.

Ernandes geografiya fanidan imtihonni muvaffaqiyatli topshirsa, musulmon boʻlaman, deb oʻziga vaъda berganini, keyinroq sinovlardan yaxshi oʻtib, musulmon boʻlgani, ajdodlari kabi otda hajga borishni orzu qilganini taъkidladi.

Ernandesning aytishicha, Harkassi va Rodriges tushida unga otda hamrohlik qilgan, Ispaniyada yashovchi qurilish ustasi Buchaib Jadil esa oldinda yurib, jamoaga logistik yordam bergan.

Ernandes sayohat davomida oʻzi moʻъjiza deb taъriflagan koʻplab voqealarga duch kelganliklarini va "hajning ham dinni yoyish safari ham ekanligini anglab etganliklarini" bildirdi.

Mavzuga aloqador