AQSh HAMAS va Isroilga 60 kunlik yangilangan sulh rejasini taqdim etdi. Tomonlar norozi
AQSh vositachi sifatida Gʻazo sektoridagi urushni toʻxtatish urinishlari doirasida Isroil va HAMASga vaqtincha otashkesim boʻyicha yangi takliflarini taqdim etdi. HAMAS bu takliflar hamda Isroilning ularga javobini diqqat bilan oʻrganayotganini maъlum qildi, biroq ular oʻz talablariga javob bermasligini allaqachon taъkidladi.
AQShning maъlum qilishicha, Isroil, norasmiy maъlumotlarga koʻra, ikki oylik otashkesimni nazarda tutuvchi rejani qabul qilgan. HAMAS oʻzining dastlabki izohida aynan Isroil javobiga eъtibor qaratdi.
«HAMAS AQShning maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan oʻtgan hafta kelishilgan taklif boʻyicha Isroilning rasmiy javobini oldi. Batafsil oʻrganilganda, ushbu javob mohiyatan vaqtincha deeskalatsiya davrida ham bosqinchilik, qatl va ochlik siyosatini mustahkamlash urinishi ekani ayon boʻldi», — dedi HAMAS rahbariyati aъzosi Basem Naim.
Uning soʻzlariga koʻra, HAMAS rahbariyati yangi takliflarni sinchiklab oʻrganishni boshlagan. Reuters agentligiga koʻra, HAMAS yaqin orada javob berishni rejalashtirmoqda.