AQSh Isroilga 4 milliard dollarlik qurol etkazib berishni tezlashtirdi

AQSh davlat kotibi Marko Rubio Isroilga taxminan 4 milliard dollarlik qurol etkazib berishni tezlashtirish haqidagi memorandumni imzolaganini eъlon qildi.

AQSh davlat departamenti bayonotiga koʻra, Rubio sobiq prezident Jo Bayden maъmuriyati tomonidan joriy qilingan "qurol etkazib berish boʻyicha qisman embargo" qarorini bekor qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, Donalьd Tramp prezidentlikka kelganidan buyon AQSh Isroilga 12 milliard dollarlik qurol sotishni maъqullagan.

Davlat kotibi qoʻshimcha qilib, AQSh Isroilga qoʻllab-quvvatlashni davom ettiradi, deb taъkidladi.

8 fevralь kuni AQSh maъmuriyati Isroilga 7,4 milliard dollarlik yangi qurol sotishni maъqullagan edi. Ushbu kelishuv doirasida Isroilga quyidagi qurollar etkazib beriladi:

  • 2 166 ta kichik diametrali bomba;
  • 2 800 ta 500 kilogrammlik umumiy maqsadli bomba;
  • 13 000 ta Joint Direct Attack Munition (JDAM) navigatsiya jihozlari;
  • Turli toifalardagi minglab bomba va navigatsiya tizimlari.

Mavzuga aloqador