AQSh Istanbuldagi Rossiya bilan muzokaralar tafsilotlarini oshkor qildi
Rossiya va Amerika Istanbulda 6,5 soat muzokara olib bordi. AQSh tomonining maъlum qilishicha, unda asosiy eъtibor har ikki tomonda diplomatik vakolatxonalar faoliyatini normallashtirishga qaratilgan.
AQSh Davlat departamenti oʻz bayonotida Istanbuldagi muzokaralar chogʻida Rossiya va AQSh vakillari soʻnggi uch yil davomida falaj boʻlib qolgan diplomatik missiyalar faoliyatini ikki tomonlama normallashtirish boʻyicha batafsil qadamlarni ishlab chiqqanini tasdiqladi.
Vashington uchrashuvni konstruktiv deb atadi va aloqalarni zudlik bilan davom ettirish boʻyicha kelishuvga erishganini maъlum qildi. Kelishuv sanasi va joyi keyinroq muhokama qilinadi.
Agentlikning aniqlik kiritishicha, Amerika tomoni bank xizmatlaridan foydalanish, ishga yollash va Moskvadagi elchixonada shartnoma asosida ishlaydigan xodimlar soni boʻyicha xavotir bildirgan.
OAV xabarlariga koʻra, Rossiya-Amerika muzokaralarining Istanbuldagi yangi bosqichi taxminan 6,5 soat davom etgan. Tomonlar oxirgi marta Ar-Riyodda uchrashgan edi. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Turkiyadagi ushbu uchrashuv ikki davlatning dolzarb masalalarni tez va samarali hal qilishga tayyorligi nuqtai nazaridan dalolat boʻlishini taъkidladi.













