AQSh Yaqin Sharqdagi harbiy ishtirokini kuchaytirmoqda. Mintaqaga ikkinchi amerikalik aviatsiya tashuvchisi — USS carl Vinson etib keldi. Bu haqda AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy Qoʻmondonligi (CENTCOM) maъlum qildi.


TRT’ning yozishicha, endilikda USS carl Vinson USS Harry S. Truman bilan birgalikda faoliyat yuritishi mumkin. Maъlumotlarga koʻra, USS Harry S. Truman deyarli har kuni Qizil dengizdagi husiylar pozitsiyalariga zarbalar bermoqda.


Qiziq tomoni shundaki, USS carl Vinson mintaqa akvatoriyasiga AQSh va Eron oʻrtasidagi muzokaralarga atigi ikki kun qolganida kirib keldi. 


Muzokaralar qoʻshni Ummon hududida olib borilmoqda. Tahlilchilar bu voqeani mintaqadagi taranglikning oshgani va yangi mojaro xavfi kuchaygani belgisi sifatida baholamoqda, deyiladi xabar matnida.

Mavzuga aloqador