AQSh Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni kuchaytirdi
AQSh Prezidenti Donald Tramp maъmuriyati sanktsiyaga uchragan Rossiya banklari orqali cheklangan operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat beruvchi umumiy litsenziyani uzaytirmadi. Bu haqda "Fox news" Oq uydagi manbaga tayanib xabar berdi.
Endilikda toʻliq bloklovchi sanktsiyalar VEB, Sberbank, VTB, Alfa-bank va boshqa toʻqqizta Rossiya moliya muassasasiga nisbatan joriy qilinadi.
12-martga qadar ushbu banklarga Rossiya energiya resurslari uchun toʻlovlarni amalga oshirish maqsadida AQSh dollaridagi tranzaktsiyalarni oʻtkazishga ruxsat berilgan edi.
Biroq, Trampning ushbu litsenziyani bekor qilish qarori tufayli Evropa mamlakatlari Rossiya neftini sotib olishda sanktsiyalarga uchrash xavfi bilan duch keladi.
"Fox news" manbasi taъkidlashicha, ushbu chora AQShning Moskvani Ukrainadagi urushni toʻxtatishga majburlash boʻyicha muzokara strategiyasining bir qismi hisoblanadi. AQSh Moliya vazirligi yanvar oyida berilgan litsenziya muddati tugaganini tasdiqladi va kelgusida istisnolar berilmasligini maъlum qildi.













