AQSh qurolli kuchlari Suriyaning sharqiy qismidagi eng yirik neft bazalari — Dayr az-Zor viloyatida joylashgan “Umar” va “Konoko” harbiy obektlaridan bosqichma-bosqich chiqib ketishni boshladi. Bu haqda “Al Arabiya” nashri xabar berdi.


Maъlumotlarga koʻra, Iroq Kurdistonidan kelgan oʻnlab yuk mashinalari xalqaro koalitsiyaning Fuqarolik ishlari boshqarmasi muhofazasi ostida harbiy texnika va ogʻir qurollarni olib chiqib ketgan.


Amerika harbiylari ushbu obektlarni deyarli toʻliq tark etgan. Faqatgina bitta bazada taxminan 50 nafar AQSh harbiy xizmatchisi qolmoqda.


Ushbu ikki baza — Umar va Konoko — avvallari AQShning Suriyadagi asosiy harbiy tayanch nuqtalaridan biri boʻlgan va neft resurslari ustidan nazoratni taъminlab kelgan.


Bundan avval Pentagon Suriyadagi harbiylar soni ming nafardan kamroqqa qisqartirilganini tasdiqlagan edi.

Mavzuga aloqador