AQShda «Helen» toʻfoni qurbonlari soni 150 nafardan oshdi
AQShda «Helen» toʻfoni qurbonlari soni 150 nafardan oshdi
AQShning
sharqiy hududlariga urilgan “Helen” toʻfoni qurbonlari soni 150 nafardan oshdi,
600 ga yaqin kishi bedarak yoʻqolgan deb hisoblanmoqda. Toʻfon vaqtida shamol
tezligi soatiga 225 km gacha chiqdi. Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish mamlakat
iqtisodiga 95-110 milliard dollarga tushishi mumkin.
AQShning
Florida shtati qirgʻoqlariga urilgan «Helen» toʻfoni mintaqaga salbiy taʻʻsir
koʻrsatishda davom etmoqda. 4-toifali (jami 5 toifa) dovul vaqtida shamol tezligi soatiga
225 km ga etdi.
Rasmiylarning
maʻʻlum qilishicha, toʻfon va kuchli yogʻingarchiliklardan zarar koʻrgan Shimoliy
Karolina, Janubiy Karolina, Jorjiya, Florida va Virjiniya shtatlarida kamida 150
kishi halok boʻlgan. Shuningdek, 600 ga yaqin kishi bedarak yoʻqolgan deb
hisoblanmoqda. Bu – qurbonlar soni yana ortishi mumkinligidan darak beradi.
Dovuldan
Shimoliy Karolinaning togʻli hududlari eng koʻp jabr koʻrdi. Ushbu hududda suv
toshqinlari koʻpriklar va binolarni yuvib ketdi, butun qishloqlar vayron boʻldi, 95
mingga yaqin aholisi boʻlgan mashhur Asheville sayyohlik shahri tashqi dunyodan uzilib
qoldi.
Ichki
xavfsizlik departamentining Favqulodda vaziyatlarni boshqarish boʻyicha Federal
agentligi (FEMA) «Helen» toʻfoni tufayli 1000 dan ortiq odam boshpanalarda
qolayotganini maʻʻlum qildi.
Rasmiylarning
bildirishicha, 150 mingdan ortiq xonadon yordam soʻragan, boʻrondan zarar koʻrgan
hududlarga oziq-ovqat va suv yuborilmoqda.
AQSh
prezidenti Jo Bayden shu hafta boʻrondan zarar koʻrgan hududlarga tashrif buyurishi
kutilmoqda.
Prezident
Bayden Florida va Shimoliy Karolinada "favqulodda holat" eʻʻlon qilib,
boʻron qurbonlariga "federal yordam" koʻrsatishni buyurdi.
«Xelen»
toʻfoni oqibatlarini bartaraf etish 95-110 milliard dollarga tushishi kutilmoqda.
Dovul
dushanba kuni Atlantika okeaniga yoʻnalgan. Biroq AQSh hukumati dovullar mavsumi 30
noyabrda tugashi sababli mamlakatda yana tabiiy ofatlar yuz berishi mumkinligidan
ogohlantirmoqda.













