AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDCmamlakatning 13 shtatida McDonald's  “Quarter Pounder” gamburgerida topilgan koli bakteriyalari bilan bogʻliq yangilangan maʻʻlumotlarni eʻʻlon qildi.

Bayonotda ushbu bakteriya tufayli kasallanganlar soni 90 nafarga etgani, 27 kishi kasalxonaga yotqizilgani qayd etildi.

AQSh oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (FDAeʻʻlon qilgan bayonotda McDonald's  “Quarter Pounder” gamburgerlarida ishlatiladigan toʻgʻralgan piyoz ushbu bakteriyalarni keltirib chiqarishi mumkinligi taʻʻkidlangan.

Bayonotda zarar koʻrgan shtatlardagi restoranlarda ushbu mahsulotdan foydalanish toʻxtatilgani aytilgan.

CDC 23 oktyabrʻ kuni E.Coli bilan kasallangan 49 kishidan biri vafot etganini eʻʻlon qildiMcDonald's  baʻʻzi shtatlarda ushbu gamburgerlarni sotish va shubhali ingredientlardan foydalanishni toʻxtatganini bildirdi.

Eslatib oʻtamiz, McDonald's Gʻazoda qatliom uyushtirayotgan Isroil askarlariga bepul eguliklar tarqatgani ortidan global miqyosda boykotga uchragan edi. Tarmoq ayniqsa Yaqin Sharq va koʻplab musulmon mamlakatlarda milliardlab dollar zarar koʻrdi.

Mavzuga aloqador