AQShning Nьyu-Jersi shtatida yangi ochilgan Migratsiya va Bojxona nazorati boshqarmasi (ICE) markazini tekshirmoqchi boʻlgan Nьyuark shahar hokimi Ras J. Baraka qoʻlga olindi.

Baraka, Nьyuarkda bunday markaz ochilishiga qarshi ekanini bildirib, masъul shaxslar bilan birga ICE markazida tekshiruv oʻtkazishga uringan. Bu holat ICE politsiyasi bilan tortishuvga olib keldi.

Nьyu-Jersi okrug prokurori oʻrinbosari Alina Habba X ijtimoiy tarmogʻidagi bayonotida, Baraka markazga ruxsatsiz kirgani va Ichki Xavfsizlik politsiyasining bir necha marta chiqish haqidagi ogohlantirishlariga quloq solmaganini maъlum qildi.

Habba: “U qasddan qonunni buzishni tanladi. Nьyu-Jersida bunday harakatlarga yoʻl qoʻyilmaydi. Shuning uchun u qoʻlga olindi”, – deb yozdi.

Nьyu-Jersi shtati gubernatori Fil Myorfi ushbu holat boʻyicha chiqish qilib, Barakaning asossiz ushlanishiga norozilik bildirdi va quyidagilarni aytdi:

“Hokim Baraka – eng himoyasiz fuqarolar uchun doimiy ravishda kurashib kelayotgan namunaviy davlat xizmatchisidir. Uni federal idoralar darhol ozod qilishi lozim”.

Avvalroq, Baraka ushbu markaz faoliyat yuritish uchun tegishli rasmiy ruxsatlarga ega emasligi haqida jamoatchilikka maъlum qilgan edi.


Mavzuga aloqador