5 aprelь kuni AQSh boʻylab Donald Trampning siyosatiga qarshi keng koʻlamli norozilik aktsiyalari oʻtkazildi. 50 ta shtatni qamrab olgan ushbu namoyishlar, Tramp prezidentligi davrida kuzatilgan eng katta harakatlardan biriga aylandi. 

SNN xabariga koʻra, mamlakat boʻylab 1400 dan ortiq miting tashkil etilgan, ularda 600 mingga yaqin fuqaro ishtirok etgan boʻlishi mumkin.

Yirik norozilik aktsiyalari Nyu-York, Los-Anjeles, Chikago, Boston va Vashingtonda oʻtkazilgan. Faollar korrupsiyaga, milliarderlarning siyosatga aralashuviga, Ilon Maskning hukumatdagi taъsiriga va davlat xizmatchilarini ommaviy ishdan boʻshatish holatlariga qarshi chiqishgan.

“Bu shunchaki norozilik emas, bu demokratiyaga qarshi dushmanona egallab olishdir”, deya taъkidlaydi namoyish tashkilotchilari.

Namoyishlar fonida Kongress aъzosi, demokrat El Grin Trampga qarshi 30 kun ichida impichment eъlon qilish tashabbusi bilan chiqishini eъlon qildi. Unga koʻra, Tramp AQSh prezidentligiga “loyiq emas”.

Mavzuga aloqador