Amerikaning Aboutislam.net sayti yangi musulmonlarga dinni tushunish va diniy amaliyotga oid savollarga javob topishga yordam berish uchun maxsus mobil ilovani ishlab chiqdi. Qoʻshma Shtatlarda islomni asosan 18 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan yoshlar qabul qiladi. 

Reverts Guide ilovasi islomga qiziqqan barcha insonlar uchun moʻljallangan boʻlib, ularning islom bilan yaqinroq tanishishlariga yordam beradi. 

“Reverts Guide ilovasini yangi musulmonlarga ular eng koʻp duch keladigan muammolar echimini koʻrsatadigan oddiy, ammo keng qamrovli vosita bilan taъminlash maqsadida ishga tushirdik. Bir vaqtning oʻzida diniy bilimlar, maъnaviy yoʻl-yoʻriqlar, muammolarni hal qilish va motivatsiyani taъminlaydigan resurs yaratdik. Bularning barchasi foydalanuvchilarga oʻz eъtiqodlarini oʻrganish, ishonch hosil qilish va oʻzlarini qiziqtirgan savollarga oydinlik kiritish uchun qulaylik yaratish uchun yagona platformada mavjud”, — dedi loyiha muvofiqlashtiruvchisi Muhammad Fathi. 

“Aboutislam.net jamoasi islomni yangi qabul qilgan insonlarni qoʻllab-quvvatlashda katta tajribaga ega. Endilikda bir necha yangi musulmon musulmonlarni oʻz ichiga olgan jamoamiz ushbu ilova islom yoʻliga endigina qadam qoʻyganlarning maъnaviy va hayotiy ehtiyojlarini toʻgʻridan-toʻgʻri aks ettirishiga ishonch hosil qilishni istaydi”, deb taъkidladi u. 

"Reverts Guide - bu shunchaki maъlumotlar emas, balki qoʻllab-quvvatlash", deydi dasturni yaratishda yordam bergan musulmon talaba Joy Amponsa. 

“Bu besh vaqt namoz oʻqish odatini rivojlantirishga, koʻpchilik musulmonlarga dushman boʻlgan jamiyatga moslashishga va oʻzingni shunday qabul qilishga yordam beradi”, dedi u.

Mavzuga aloqador