AQShning harbiy kuch-qudrati tobora zaiflashmoqda
Amerikaning Yamanga uyushtirgan aviazarbalari Yamandagi “Ansor Alloh” harakatini zaiflashtirish uchun etarli boʻlmaganini CNN nashri rasmiylar va tahlilchilarga tayanib xabar qildi. Nashrning qayd etishicha, faqat quruqlikdagi harbiy operatsiya Yaman qarshiligini sindirishi mumkin.
Takroriy bombardimonlarga qaramay, AQSh xusiylarning siyosiy yoki harbiy rahbariyatiga sezilarli darajada zarba bera olmadi va ularning raketa salohiyatini ham neytrallashtira olmadi, deyiladi xabarda.
“Ansor Alloh” harakati hamon isroil obьektlariga hujumlar uyushtirishda va Qizil dengizda AQSh Harbiy-dengiz kuchlariga tegishli kemalarga zarbalar berishda davom etmoqda.
CNN shuningdek, Vashingtonning havo amaliyotlari AQShga allaqachon 1 milliard dollardan ortiq mablagʻga tushganini taъkidladi. Nashr manbalariga koʻra, mintaqadagi Amerika resurslari deyarli tugash arafasida.












