Bugun Oq uyda boʻlib oʻtgan hukumat yigʻilishida AQSh Mehnat vaziri Lori Chaves mamlakat tashqi yordam dasturlari tahlili haqida maъlumot berdi. 


Unga koʻra, hukumat “America Last” deb atalgan, milliy manfaatlarga mos kelmaydigan dasturlarni toʻxtatib, 250 million dollar tejagani maъlum qilindi.


Chaves soʻzlariga koʻra, bekor qilingan mablagʻlar orasida “Oʻzbekiston paxta sanoatida shaffoflik va hisobdorlikni oshirish” loyihasi ham bor. Bu maъlumotni eshitgan DOGE rahbari Ilon Mask yigʻilishda kulgi bilan munosabat bildirdi.


“Oʻzbekiston paxtachilari? Bu xuddi komediyaga oʻxshaydi. Ishonib boʻlmaydi”, dedi Mask.


AQSh tomoniga koʻra, fuqarolar soliqlari hisobiga boshqa davlatlardagi tartib-nazarot, ekologik islohotlar va mehnat huquqlarini takomillashtirishga qaratilgan tashabbuslar moliyalashtirilmasligi kerak.


Maъlumot uchun, 2022 yilda boshlangan Oʻzbekistondagi mazkur loyiha 2026 yilgacha davom etishi kerak edi. Unga shu kunga qadar 2 million dollar ajratilgan, 2025 yil uchun yana 1 million dollar rejalashtirilgandi. 


Ammo yangi siyosiy qarorlarga koʻra, ushbu mablagʻlar yoʻnaltirilmaydigan boʻldi.

Mavzuga aloqador