BAAning Sharja shahridagi Islom ishlari vazirligi masjidlardagi vaъzlarni real vaqt rejimida tarjima qiladigan “Minbar” ilovasini ishlab chiqdi. Bu haqda Gulf News nashri xabar berdi.

Ilova arab tilini bilmaydigan tashrif buyuruvchilar uchun moʻljallangan boʻlib, vaъzlarning maъnosini 40 tilga aniq va tezkor tarjima qilish imkonini beradi. Tizim Sharjadagi eng yirik masjidlardan biri – Al-Magʻfira masjidida muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazilgan.

Islom ishlari vazirligi din sohasidagi eng soʻnggi texnologiyalarni joriy etib, maъruzalarni keng auditoriyaga etkazishga harakat qilmoqda. “Minbar” ilovasi foydalanuvchilarga Google Play va App Store orqali bepul taqdim etiladi.

Bu innovatsiya turli millat vakillari oʻrtasida oʻzaro tushunishni osonlashtirib, Islom taъlimotlarining keng tarqalishiga hissa qoʻshishi kutilmoqda.


Mavzuga aloqador