Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) isroillik ravvinning oʻldirilishida ayblangan uch nafar Oʻzbekiston fuqarosi oʻlim jazosiga hukm qilingan. Bu haqda turli manbalar xabar bermoqda.  


Maъlumotlarga koʻra, Dubay sudi 28 yoshli Olimboy Tohirovich, Mahmudjon Abdulrahim va 33 yoshli Azizbek Komilovichni Moldova fuqarosi, BAAda bir necha yildan buyon faoliyat yuritgan va Abu-Dabidagi "Xobod" yahudiy diniy harakati vakili boʻlgan Zvi Koganning oʻlimida ayblab, oʻlim jazosiga mahkum etgan.


Ayrim xabarlarga koʻra, Oʻzbekiston hukumati ushbu uch nafar fuqaroning taqdiri va himoyasidan voz kechgan. Shuningdek, ularga nisbatan fuqarolikdan mahrum qilish choralari koʻrilgani aytilmoqda. 


Mahalliy manbalarning maъlum qilishicha, mazkur holat boʻyicha barcha tergov va sud jarayonlari toʻliq Dubay xavfsizlik xizmatlari nazoratiga topshirilgan.  


Shuningdek, baъzi nashrlar ushbu shaxslarning biri onasi bilan telefon orqali qilgan suhbati yozuvini eъlon qilgan. Suhbat davomida u sud tomonidan oʻlim jazosiga hukm qilinganini aytib, oila bilan soʻngi bor xayrlashgan.


Oʻzbekistonning Dubaydagi konsulligi va BAA rasmiylari bu borada hali-hanuz rasmiy izoh bermagan.

Mavzuga aloqador