“Shanba kuni Bahrayn oʻzining ilk milliy sunъiy yoʻldoshi — Al-Munzirni orbitaga uchirdi”, deya xabar qilmoqda Arab news nashri. Qurilma Bahrayn Milliy ilmiy-kosmik agentligi tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, uning loyihalash va yaratish jarayonida faqat bahraynlik mutaxassislar ishtirok etgan.


Al-Munzir Yaqin Sharq mintaqasida sunъiy intellektdan foydalangan holda tasvirlarni qayta ishlovchi birinchi sunъiy yoʻldosh hisoblanadi.


“Mazkur sunъiy yoʻldoshning muvaffaqiyatli uchirilishi Bahrayn qirolligining kosmosni oʻzlashtirish yoʻlidagi muhim qadami hisoblanadi. Milliy ilmiy-kosmik agentlik jamoasining yutuqlari bilan faxrlanaman. Bu sunъiy yoʻldoshni orbitaga chiqarish orqali biz orbitaviy tizimlarni sinovdan oʻtkazishning yangi bosqichini boshladik”, dedi agentlik rahbari Muhammad Ibrohim Al-Asiriy.


Sunъiy yoʻldoshda Er yuzasini kuzatish kameralari va kiberxavfsizlik tizimi oʻrnatilgan. Al-Munzir 550 km balandlikdagi quyosh-sinxron orbitada harakatlanadi va uning xizmat muddati 2 yilni tashkil etadi.

Mavzuga aloqador