Microsoft asoschisi va milliarder Bill Geyts keyingi yigirma yil ichida oʻz boyligining 99 foizini xayriya ishlariga sarflashga qaror qilganini maъlum qildi.

Uning aytishicha, bu qarorga kelishiga Endryu Karnegining "Boy boʻlib vafot etgan odam sharmanda boʻlib oʻladi" degan fikri taъsir qilgan.

“Vafotimdan soʻng, men haqimda turli gaplar aytilishi mumkin. Lekin men haqimda “u boy boʻlib oʻldi”, deyilmasligini istayman”, degan Bill Geyts.

Milliarderning shaxsan oʻz blogida maъlum qilishicha, barcha mablagʻlar Geyts fondi orqali dunyo boʻylab insonlar hayotini saqlash va yaxshilashga yoʻnaltiriladi. Fond 2045 yil 31 dekabrda oʻz faoliyatini yakunlaydi.

Maъlumot uchun, Geyts bu yil kuzda 70 yoshni qarshilaydi. Uning Microsoft kompaniyasi esa falastinliklarga qarshi genotsidda isroil armiyasining sunъiy intelektni qoʻllab-quvvatlovchi dasturiy taъminotida yaqindan koʻmak berish orqali, Gʻazodagi tinch aholi qirgʻiniga sherik boʻlib kelmoqda.

Mavzuga aloqador