BMT: 2024 yili qurolli mojarolar hududlarida 56 ming kishining bedarak yoʻqolgani qayd etilgan
BMT bosh kotibi oʻrinbosari va Yaqin Sharq, Osiyo hamda Tinch okeani mintaqalari boʻyicha masъul rahbar Xaled Xiarining maъlum qilishicha, 2024 yilining oʻzida qurolli toʻqnashuvlar yuz bergan hududlarda 56 ming kishi bedarak yoʻqolgan.
U bu haqda 2025 yil 16 may kuni BMT Xavfsizlik Kengashining “Qurolli mojarolarda fuqarolarni himoya qilish” mavzusidagi yigʻilishida bayon qildi. Unda Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasi (ICRC) hisobotidagi maъlumotlar keltirildi.
Xiarining soʻzlariga koʻra, 2019 yili BMT XKning 2474-sonli rezolyutsiyasi qabul qilinganidan buyon mojarolardan jabr koʻrgan shaxslar soni, jumladan yoʻqolganlar soni ham ortib bormoqda. Faqat 2024 yilning oʻzida 56 mingta yangi yoʻqolish holati qayd etilgan.
“Shiddatli oʻtgan toʻqnashuvlarda yoʻqolganlar sonining aniq hisob-kitobi mavjud emas”, deya taъkidlagan Xiari “ammo vaziyat jiddiy ekani aniq”gini qoʻshimcha qildi.
U, shuningdek, Gʻazoda ushlangan AQSh-Isroil ikki fuqaroligiga ega Edan Aleksandrning ozod etilishini “umid bagʻishlovchi voqea” sifatida baholadi.
Xiarining maъlum qilishicha, Gʻazoda taxminan 58 nafar isroillik asirlikda qolmoqda, shu bilan birga, Falastin tomonidan bolalarni ham oʻz ichiga olgan minglab insonlar bedarak yoʻqolgani qayd etilgan.

Uning taъkidlashicha, “2023 yil oktyabridan beri Isroil rasmiylari tomonidan hibsga olingan minglab falastinliklar hamon bedarak ekani” jiddiy tashvish uygʻotmoqda.