BMT: Asad rejimi agʻdarilgandan soʻng 1,5 milliondan ortiq suriyalik qaytdi
BMTning Insonparvarlik ishlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi (OCHA) operatsiyalar va himoya boʻlimi direktori Edem Vosornuning maъlum qilishicha, Bashar Asad rejimi agʻdarilganidan soʻng mamlakat ichida koʻchib yurgan va qoʻshni davlatlarda boʻlgan 1,5 milliondan ortiq suriyalik oʻz hududlariga qaytgan.
Vosornu BMTning Jenevadagi idorasida oʻtkazilgan haftaning navbatdagi matbuot anjumanida Suriyadagi vaziyat haqida maъlumot berdi.
Uning aytishicha, «Suriyada 16,5 million kishi insonparvarlik yordami va himoyaga muhtoj. Aholi harakati va koʻchish jarayonlari hali ham davom etmoqda».
Qiyinchiliklarga qaramay, insonparvarlik operatsiyalari davom etmoqda. Vosornuning soʻzlariga koʻra, BMT va hamkor tashkilotlar har oy mamlakat ichi va chegara ortidagi operatsiyalar orqali oʻrtacha 2,4 million odamga yordam koʻrsatmoqda.
«AQShning Suriyaga nisbatan sanktsiyalarni bekor qilish qarori va Evropa Ittifoqining yaqinda iqtisodiy jazolarni bekor qilish tashabbusi mamlakatda barqarorlik, tiklanish va rivojlanishga zamin yaratadi degan umiddamiz», dedi u.
Vosornuning aniqlik kiritishicha, 1 milliondan ziyod suriyalik mamlakat ichida oʻz yashash joylariga qaytgan boʻlsa, qoʻshni davlatlardan yarim milliondan ortiq qochqin qaytgan».
U shuningdek, joriy yil boshidan buyon taxminan mingta yordam yuklovchi yuk mashinalari Suriyaga kirib kelganini qayd etdi va bu jarayondagi hamkorlik uchun hamkorlarga minnatdorlik bildirdi.