Nьyu-Yorkdagi BMT shtab-kvartirasida Suriyaning yashil, oq va qora rangli, uchta qizil yulduz tasvirlangan yangi bayrogʻi rasmiy ravishda koʻtarildi. Ushbu marosimda Suriyaning tashqi ishlar vaziri Asad ash-Shayboniy ishtirok etdi, deya xabar bermoqda RIA Novosti nashri.


Yangi bayroq — tarixiy jihatdan muhim ramz hisoblanadi. U ilk bor 1930 yillarning boshida ishlatila boshlangan boʻlib, oʻsha davrda Suriya va Livan Birinchi jahon urushidan soʻng Frantsiya nazoratidagi hududlar hisoblangan. 


1946 yilda, Suriya mustaqillikka erishganida ham aynan shu bayroq qabul qilingan edi. 2011 yildan buyon esa bu bayroq Suriya muxolifat kuchlari tomonidan faol ravishda ishlatib kelinayotgan edi.


Marosim davomida BMT shtab-kvartirasi oldida oʻnlab namoyishchilar toʻplandi. Ular ham yangi Suriya bayroqlari bilan chiqqan boʻlib, ash-Shayboniyning kelishini va bayroq koʻtarish marosimini quvonch bilan kutib olishdi, deyiladi xabar matnida. 


Eslatib oʻtamiz, 2024 yil noyabr oyi oxirida Suriyadagi muxolifat kuchlari hukumat qoʻshinlariga qarshi keng koʻlamli harbiy harakatlarni boshladi. 8 dekabr kuni ular Damashqqa kirib bordi. Shundan soʻng, mamlakat prezidenti Bashar Asad lavozimidan voz kechib, mamlakatni tark etdi. 


2025 yil 29 yanvarь kuni esa yangi muvaqqat maъmuriyat rahbari Ahmad ash-Sharъ Suriyaning oʻtish davri prezidenti boʻldi.

Mavzuga aloqador