"Tarif urushlarida gʻolib boʻlmaydi, dunyoga qarshi borsang – yakkalanib qolasan". XXR raisi Si Tszinpin Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches bilan uchrashuvda AQShning import bojlariga shunday munosabat bildirdi.

Tszinpinning taъkidlashicha, Xitoy soʻnggi 70 yilda faqat mustaqillik va mashaqqatli mehnat evaziga taraqqiyotga erishgan.

Xitoy ishonch va xotirjamlikni yoʻqotmasdan, oʻz yoʻlida davom etadi, degan u.

AQSh prezidenti Donald Tramp import uchun yangi tariflarni joriy etishiga javoban, Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches Evroittifoqni Xitoy bilan munosabatlarni qayta koʻrib chiqishga chorlagan edi.

Maъlumot uchun, AQSh prezidenti Donald Tramp 10 apreldan Xitoy mahsulotlari uchun import bojini 145 foizgacha oshirgandi.

Mavzuga aloqador