Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 376 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Gʻazo va Bayt-Laxiyaning markazi boʻlgan Jabaliya lageriga hujum qildi. Kun davomida 61 kishi halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 42344 kishi shahid boʻldi.

▪️Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi 12-kundirki fashistlar tomonidan qamalda boʻlgan Jabaliya lageridan yaradorlarni olib chiqish uchun xavfsiz koridor ochishni soʻramoqda.

▪️Gʻarbiy Sohildagi Jenin shahrida qarshilik jangchilari bosqinchilar bilan shiddatli janglar olib bormoqda.

▪️Hizbulloh Safaddagi Naftali harbiy bazasiga 50 dan ortiq zarba berdi va Hayfa, Metulla va Kiryat Shmonaga hujum qildi. Chegarada janglar ketmoqda; 3 ta Merkava tanki portlatilgan.

▪️Bosqinchilar Livanning Qana qishlogʻi, Bayrut chekkasi va Bekaa vodiysidagi turar-joy binolari va kasalxonaga hujum qildi.

▪️Livan Sogʻliqni saqlash vazirligi maʻʻlumotlariga koʻra, bosqinchilar hujumlari boshlanganidan beri 2350 kishi halok boʻlgan, 10906 kishi jarohatlangan.

▪️Frantsiya prezidenti Makron: Netanyaxu oʻz mamlakati BMT qarori bilan yaratilganini unutmasligi, shuning uchun tashkilot qarorlariga eʻʻtiroz bildirmasligi kerak.

▪️AQSh davlat kotibi Entoni Blinken va mudofaa vaziri Lloyd Ostin Isroil Gʻazodagi gumanitar vaziyatni yaxshilash uchun kelgusi bir oy ichida chora koʻrmasa, AQShdan harbiy yordam olish bilan bogʻliq qonuniy jazolarga tortilishi mumkinligini maʻʻlum qildi.

▪️AQSh Davlat departamenti: Isroil havo hujumlari natijasida odamlarning tiriklayin yonayotganini koʻrish dahshatli.

Mavzuga aloqador