Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 389 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Rafah, Bayt-Laxiya va Jabaliya lageriga hujum qilishdi. Kun davomida 32 kishi halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 43 020 kishi shahid boʻldi.

▪️Bosqinchilar Jabaliya lageridagi YuNRVA maktabini yoqib yuborishdi. «Al-Faruxa» koʻchirilganlar bilan. Avvalroq fashistlar tanklarda ushbu hududga kirgandi. 36 kishi halok boʻldi va yaralandi.

▪️Gʻazo shimolidagi ommaviy qirgʻin. Bugun tong saharda Isroil Bayt Lahiyadagi 5 qavatli turar joy binosini portlatib yubordi. Vayronalar ostidan 65 kishining jasadi topilgan, ulardan 17 nafari bolalardir. Oʻlganlar soni 100 kishiga etishi mumkin.

▪️Isroilga qarshi genotsid daʻʻvosini qoʻzgʻatgan Janubiy Afrika Respublikasi Xalqaro sudga genotsid haqida yana 5 ming sahifalik matn taqdim etdi.

▪️Evropa-Oʻrtaer dengizi Inson huquqlari tashkiloti: Isroil bir oydan kamroq vaqt ichida Gʻazodagi koʻchirilganlar yashayotgan 39 ta boshpanaga hujum qildi.

▪️Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi: Gʻazo shimolidagi qamal 25 kundan beri davom etmoqda. Bu vaqt ichida 1000 dan ortiq odam, asosan ayollar va bolalar halok boʻldi.

▪️Bosqinchilar Livanda Bekaa vodiysi, Baalbek va Tir shahriga hujum uyushtirdi. 24 soat ichida 60 kishi vafot etdi.

▪️ “Hizbulloh”: Livanda quruqlikdagi operatsiya boshlanganidan beri Isroilning 90 askari halok boʻldi va 38 ta “Merkava” tanki yoʻq qilindi.

▪️Isroil moliya vaziri Betsalel Smotrich soʻnggi vaqtlarda Isroil harbiylari orasida yoʻqotishlar ortgani uchun jonli efirda yigʻladi.

▪️ “Hizbulloh” bir kunda 30 ta harbiy amaliyot oʻtkazdi. Hayfa, Safad, Kiryat Shmona, Margaliotdagi Stella Maris dengiz bazasiga zarbalar berildi, Zarait, Kesar va Rosh Pinnada askarlar yoʻq qilindi.

▪️Husiylar Arab dengizidagi SC Montreal va Maersk kowloon kemalariga, Qizil dengizdagi Motaro kemasiga hujum qildi.

▪️Amerikalik yahudiy tadqiqotchisi Norman Finkelshteyn: Isroil askarlari faqat video oʻyinlar yordamida oʻldirishni biladilar, erdagi qoʻl jangida esa Livanda halokatli magʻlubiyatga uchradi.

Mavzuga aloqador