Bombalanayotgan Gʻazo: 391-kunning asosiy voqealari
⚡️391 kun Gʻazoning bombardimon
qilinishi.
▪️Bosqinchilar
Bayt Lahiya, Xon Yunis, Rafah, Jabaliya va Al-Magʻozi lagerlariga hujum qildi. Urush
boshlanganidan buyon 43163 kishi shahid boʻldi.
▪️Shimoliy Gʻazo bosqinchilar tomonidan qamal qilinganiga 27 kun boʻldi. Bayt-Laxiya falokat hududi deb eʻʻlon qilindi. Bu erga
qariyb bir oydan beri suv, oziq-ovqat, dori-darmon keltirilgani yoʻq. Natsistlar odamlarni evakuatsiya qilishni
taqiqlagani tufayli yaradorlar halok boʻlmoqda.
▪️Al-Qassam brigadalari: jangchilarimiz Bayt Lahia hududida
uchta “Merkava” tankini, Jabaliya lagerida
ikkita “D9” harbiy bulʻdozerini yoʻq
qildi va Nitsarim oʻqida bosqinchilar guruhiga zarba berdi.
▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Al-Xalil, Qalqilya, Nablus va
Tulkarmga bostirib kirdi. 2 yosh falastinlik halok boʻldi. Ulardan biri HAMAS aʻʻzosi Hussam Bassam
Malloh.
▪️ “Hizbulloh” ommaviy qoʻshma hujum
uyushtirdi. Hayfadagi Krayut jamoasi hujumga uchradi, Adam harbiy lageri va
Akkodagi Shraga harbiy bazasi hujumga uchradi, Vat Al-Khiam hududidagi askarlar guruhi kuniga 4 marta hujumga uchradi.
▪️Bosqinchilar Livan janubidagi Tul shahridagi Shayx Ragheb
Harb kasalxonasi, Baalbek va Tirega hujum qildi. Isroilning Livandagi tajovuzi davomida 2822 kishi shahid
boʻldi, 12937 kishi yaralandi.
▪️Sisi
rejimi Isroilga portlovchi moddalar olib ketayotgan «Ketrin» kemasiga Misrning
Iskandariya portiga qoʻnishga ruxsat berdi. Ispaniya, Malʻta va boshqa koʻplab
davlatlar kemaning oʻz portlariga kirishiga ruxsat bermagan edi.
▪️Frantsiya
prezidenti Emmanuel Makron Marokash parlamentida HAMASni terroristik tashkilot
deb atab, Isroil oʻzini oʻzi himoya qilish huquqiga ega, deganidan soʻng Marokash
poytaxti Kasablankada odamlar koʻchalarga namoyishga chiqdi. Politsiya ularga
qarshilik koʻrsatdi.
▪️Isroil
Iordaniya chegarasida Iordaniya armiyasi bilan hamkorlikda Gʻarbiy Sohildagi
isyonchilarga qurol etkazib berishning oldini olish maqsadida yangi harbiy qism tuzilishini
maʻʻlum qildi.













