Bombalanayotgan Gʻazo: 395-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 395 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar
Xon Yunis, Bayt Lahiya, Jabaliya va Nusayrat lagerlariga hujum qildi. Urush
boshlanganidan buyon 41341 kishi shahid boʻldi.
▪️Fashistlar Kamol Advan kasalxonasining bolalar boʻlimiga
hujum qildi, 6 kishi yaralandi. Suv idishi ham portlatilgan.
▪️Gʻazo fuqarolik mudofaasi: anklav shimolida ishimiz majburan
toʻxtatilganiga 13-kun boʻldi.
Jamoaning 7 aʻʻzosi bosqinchilar tomonidan qoʻlga olingan. Gʻazo shimolida minglab odamlar yordamsiz qolgan.
▪️ “Hizbulloh” Isroilga qarshi 28 ta
harbiy amaliyot oʻtkazdi. Hayfadagi havo kuchlarining texnik bazasi birinchi marta
hujumga uchradi. Meron bazasidagi razvedka boʻlinmasi, Yaara kazarmasi, Safad,
Tel-Aviv hamda Shaal va Xazor aholi punktlariga ham hujum qilindi.
▪️Bosqinchilar Livanning Saida, Tir va Bekaa vodiysi
shaharlariga hujum qildi. Tajovuz
boshlanganidan buyon 2897 kishi halok boʻldi, 13402 kishi yaralandi.
▪️Bosqinchi
matbuoti: olingan
namunalar HAMAS rahbari Yahyo Sinvar va uning odamlari oʻlimidan oldin uch
kun davomida hech narsa emaganini
koʻrsatdi.
▪️Husiylar: Operatsiyalarimiz
Isroil yuk tashish kompaniyalarini oʻz aktivlarini sotishga undadi.
▪️Turkiya BMTga 52 davlat va ikki tashkiloti – Arab ligasi hamda Islom hamkorlik tashkiloti imzolagan
Isroilga qurol etkazib berishni toʻxtatishga chaqiruvchi xatni topshirdi. Xatni, jumladan, Rossiya, Saudiya
Arabistoni, Braziliya, Qozogʻiston,
Qirgʻiziston, Jazoir, Xitoy va Eron imzolagan. Ular orasida Oʻzbekiston yoʻq.
▪️Daily Islamist: Gʻazodagi bosqinchilik harakatini yakunlab qaytgan isroillik harbiy oʻz uyida joniga qasd qildi.













