Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 396 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Bayt Lahiya, Xon Yunis, Jabaliya va Nusayrat lagerlariga hujum qildi. 24 soat ichida 70 kishi vafot etdi.

▪️Bayt-Laxiya shahrida fashistlar koʻchirilganlar joylashgan chodirlar va uylarni oʻqqa tutdi. 29 kishi shahid boʻldi.

▪️JSST: Isroilning Kamol Advan kasalxonasining bolalar boʻlimiga hujum qilishi natijasida 6 nafar yangi tugʻilgan chaqaloq jarohat oldi.

▪️Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Qalqilya va Tubasga bostirib kirdi. Jenin qamalda. Bir kishi halok boʻldi.

▪️Al-Qassam brigadalari: Jabaliya lageri hududida “Merkava tankini portlatib yubordik va 4 bosqinchini yoʻq qildik.

▪️ Hizbulloh” Isroilga qarshi 19 ta operatsiyani amalga oshirdi. Kun davomida Meron harbiy bazasiga uch marta hujum uyushtirildi, Hayfa, Safad, Nahariya, Marun, Shaal va Dalʻtonga raketalar uchirildi.

▪️Iroq qarshilik kuchlari: Hayfaga uchta muvaffaqiyatli hujum uyushtirdik.

▪️Bosqinchilar Suriya poytaxti Damashqqa hujum qildi. Fuqarolik obʻʻektlari nishonga olindi.

▪️Bosqinchilar Livanning Xiam, Dayr al-Zahrani, Srifa va Tir shaharlariga hujum qilishdi. Hujumlar boshlanganidan beri qurbonlar soni 3003 nafarga etdi.

▪️Malayziya bosh vaziri: Biz Isroilni BMTdan chiqarib yuborish rezolyutsiyasi ustida ishlayapmiz.

Mavzuga aloqador