Bombalanayotgan Gʻazo: 398-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 398 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar
Xon Yunis, Rafah, Bayt-Laxiya, Jabaliya va Nuseyrat lagerlariga hujum qildi. Kun
davomida 38 kishi halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 43391 kishi shahid boʻldi.
▪️Al-Qassam brigadalari: Jangchilarimiz Gʻazo shahri gʻarbida “Merkava-4” ishgʻol tankini portlatib yubordi.
▪️Gʻarbiy Sohilda Jenin, Tubas va Tulkarmda qarshilik
koʻrsatuvchilar va bosqinchilar oʻrtasida shiddatli toʻqnashuvlar davom etmoqda. 10
falastinlik halok boʻldi. Bir ishgʻol jipi portlatildi.
▪️ “Hizbulloh” Isroil shimolidagi Safad
va aholi punktlariga oʻnlab raketa hujumlarini uyushtirdi. 1 daqiqa ichida Hayfaga
25 ta raketa uchirildi. Ben Gurion aeroporti yaqinidagi Zarfin harbiy bazasi oʻqqa
tutildi. Marun el-Ras shahridagi askarlar guruhlari olti marta hujumga uchragan.
▪️Bosqinchilar Livanning Baalbek shahriga, Bekaa vodiysining
markaziga va Bayrut chekkasiga yirik hujumlar uyushtirdi. 50 kishi halok boʻldi, 63
kishi yaralandi. Halok boʻlganlar orasida marhum Hasan Nasrullohning amakisi va uning butun oilasi bor.
Bosqin boshlanganidan buyon 3050 kishi halok boʻldi, 13658 kishi yaralandi.
▪️BMT: Shimoliy Gʻazo 34 kundan beri Isroil qamalida.
Falastinliklar butun dunyo koʻz
oʻngida ochlikdan oʻlmoqda.
▪️Instagram Al-Jazira telekanalining mashhur falastinlik jurnalisti Anas
Sharifning sahifasini
blokladi. Uning
kuzatuvchilari soni 1,2 million kishini tashkil etar edi. Koʻrishlar soni 1 milliarddan oshgan.
▪️Rossiyaning BMTdagi vakili Vasiliy Nebenzya: Falastin
xalqiga qahramonona yordam koʻrsatishda davom etayotgan YuNRVA rahbari va barcha agentlik
xodimlarini toʻliq qoʻllab-quvvatlashimizni bildiramiz.













