Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 403 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.


◾️Bosqinchilar Xon Yunis, Bayt Lahiya, Al-Mavasi, Nuseyrat lageri va Jabaliyaga hujum qildi. Bir kun ichida 39 kishi halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 43 603 kishi shahid boʻldi

▪️Gʻazo shimoli-sharqidagi Bayt Xanun shahrida ishgʻolchilar 130 kishi koʻchirilgan maktabni qamal qilishdi.

◾️Bosqinchilar Xon-Yunisdagi kafega hujum qilishdi. 10 kishi, jumladan 2 bola halok boʻldi.

▪️Al-Qassam brigadalari Nittsarim oʻqida ishgʻolchi kuchlarning shtab-kvartirasiga hujum qildi. Gʻazo shimolidagi Beyt Lahia shahrida 4 nafar bosqinchi yoʻq qilindi. Bir kun ichida 11 dan ortiq bosqinchi yaralandi.

▪️Gʻarbiy Sohilda nazorat-oʻtkazish punktida mashina urib ketdi, ikki askar yaralandi. Bosqinchini qoʻlga olishning iloji boʻlmadi. Baytlahmda koʻchmanchilar falastinlikni pichoqlab ketishdi. Bosqinchilar Jenin va Qalqilyaga bostirib kirishadi.

▪️Livanda bosqinchilar mamlakat shimolidagi Al-Akkariyada koʻchirilgan tinch aholi istiqomat qilayotgan binoga hujum qildi. 30 dan ortiq kishi halok boʻldi.

▪️"Hizbulloh" Isroilga qarshi 22 ta harbiy amaliyot oʻtkazdi. Karmiel va Zovolundagi harbiy bazalarga hujum uyushtirildi, Safad, Hayfa va Akrga raketa zarbasi berildi.

▪️Amerika va Britaniya havo kuchlari Yamanning Hudayda shahriga 4 marta zarba berdi.

▪️BMT: Isroil Gʻazo shimoliga 85% gumanitar yordam karvonlarini toʻsib qoʻydi.

▪️Pentagon: Oxirgi 24 soat ichida biz Suriyadagi Eron guruhlari bilan bogʻliq 9 ta nishonga zarba berdik.

Mavzuga aloqador