Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 406 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Xon Yunis, Dayr al-Balah, Bayt-Laxiya, Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga katta hujumlar uyushtirdi. Urush boshlanganidan buyon 43 736 kishi shahid boʻldi, 103 370 kishi jarohatlandi.

▪️YuNRVA: Isroil Gʻazo shimoliga gumanitar yordam etkazish haqidagi barcha soʻrovlarimizni rad etdi. Anklavning bu qismidagi shifoxonalar vayron qilingan, butun shimolda faqat 1 nafar jarroh qolgan.

▪️Livanda ishgʻolchilarning hujumlari natijasida 24 soat ichida 40 kishi halok boʻldi, ulardan 12 nafari fuqaro muhofazasi qutqaruvchilari. Bosqinchilar Baalbek shahri yaqinidagi Fuqarolik mudofaasi markaziga toʻgʻridan-toʻgʻri zarba berdi.

▪️ "Hizbulloh" Akko shahri shimolidagi Shraga bazasiga, Tel-Avivdagi Tel Xaim razvedka bazasiga, Hayfadagi Eliakim bazasiga raketa hujumi uyushtirdi va Tohir Harfa shahrida bosqinchilar guruhini yoʻq qildi.

▪️Suriya Mudofaa vazirligi: Isroilning Damashq va Qudsaya shahridagi turar-joy binolariga uyushtirgan hujumi natijasida 15 kishi halok boʻldi, 16 kishi yaralandi, jumladan ayollar va bolalar.

▪️ Parijda Frantsiya va Isroil terma jamoalari oʻrtasidagi futbol oʻyini vaqtida tartibsizliklar boshlandi. Amsterdamda sharmanda boʻlib magʻlub boʻlgan oʻsha «Makkabi» jamoasi endi Parijda ham yutqazdi. Frantsuz muxlislari oʻyinga umuman qiziqish bildirmadi.

▪️Isroil xavfsizlik kuchlari yangi yahudiy aholi punkti qurish uchun erlarni boʻshatish maqsadida  an-Nakb choʻlidagi arab-badaviylar yashaydigan Umm al-Hiron aholi punktidagi oxirgi bino - masjidni buzib tashladi.

Mavzuga aloqador