Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 414 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Bosqinchilar Xon Yunis, Zaytun mintaqasi, Jabaliya va Nuseyrat lagerlariga hujum qildi. Bugun tong sahardan beri bosqinchilar 38 kishini oʻldirdi.

▪️Kamal Advan kasalxonasi ikkinchi kundirki, natsistlar tomonidan bombardimon qilinmoqda.

▪️Gʻazo fuqarolik mudofaasi: Gʻazo shimolidagi qamal va davom etayotgan bombardimon boshlanganidan beri 2300 kishi halok boʻldi va bedarak yoʻqoldi.

▪️Al-Qassam brigadalari Rafah, Jabaliya va Gʻazo markazida bosqinchilarni yoʻq qilish amaliyotlarini oʻtkazdi. Bayt-Laxiyada ishgʻol uskunalari yoʻq qilindi.

▪️BMT: Ochlik nafaqat Gʻazo shimolida, balki Sektor markazi va janubida ham kuzatilmoqda.

▪️Nablusdagi Gʻarbiy Sohilda qarshilik jangchilari ishgʻol bulʻdozerini portlatib yuborishdi. Xuddi shu shaharda bosqinchilar tez yordam brigadasini hibsga olishgan va kaltaklashgan.

▪️Bosqinchi Ben Gvir oʻnlab koʻchmanchilar bilan birgalikda Ibrohim paygʻambar masjidiga bostirib kirib, u erda Talmud marosimlarini oʻtkazdi.

▪️Isroil samolyotlari Bayrutning Basta hududidagi bir nechta koʻp qavatli binolarni er bilan vayron qildi. Shu soatlarda 4 marhumning jasadi topildi.

▪️Natsistlar hujumida Baalbekdagi Dar al-Amal kasalxonasi direktori va muassasaning 6 nafar tibbiyot xodimi halok boʻldi. Livanda urush boshlanganidan beri 226 shifokor hayotdan koʻz yumdi.

▪️"Hizbulloh" Hayfadagi texnik bazaga, Akkadagi Shraga bazasiga zarba berdi, Xiyomda askarlar 5 marta oʻq uzdi va shu soatlarda Nahariya va Shlomiyada sirenalar yangradi.

Mavzuga aloqador