Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 419 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.


▪️Bosqinchilar Rafah, Bayt Lahia, Xon Yunis, Jabaliya, Nuseyrat va Bureyj lagerlariga hujum qildi. Kun davomida 34 kishi halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 44282 kishi shahid boʻldi.

▪️Kamal Advan kasalxonasi direktori: Gʻazo shimolidagi shifoxona atrofidagi hudud Jabaliya ishgʻoli boshlanganidan beri eng ogʻir hujum ostida qolmoqda.

▪️Al-Qassam brigadalari Beyt-Laxiyada nol masofadan "Merkava" tankiga zarba berishdi. Jabaliyada bosqinchi askarlar guruhi hujumga uchradi.

▪️Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Tubas, Nablus va Jeninga bostirib kirdi. Koʻp sonli falastinlik, jumladan ikki bola hibsga olindi. Tulkarmda qarshilik jangarilari ishgʻol mashinasini portlatib yubordi.

▪️"Hizbulloh" bilan eʻʻlon qilingan sulhdan soʻng bosqinchilar Livan janubida 6 kishini oʻldirdi va Xiyomdagi uyni portlatib yubordi.

▪️"Hizbulloh": Urushda 130 dan ortiq askar va ofitser halok boʻldi, 1250 nafari yaralandi. 59 ta "Merkava" tanki va 11 harbiy buldozer yoʻq qilindi.  Falastinni qoʻllab-quvvatlash uchun 4637 marotaba harbiy amaliyot oʻtkazildi.

▪️ Isroilning Livanga bir yildan ortiq vaqtdan amalga oshirayotgan hujumlari natijasida 3823 livanlik halok boʻldi, 15 000 kishi yaralandi.

▪️Iroq "Hizbulloh"i: Livanda oʻt ochishni toʻxtatish kelishuviga qaramay, Isroilga hujum qilishni toʻxtatmaymiz.

▪️Husiylar: Yaman birdamlikka va mintaqamiz taqdiri Quddusni ozod qilish bilan bogʻliqligiga ishongan holda Falastin va Livan xalqini qoʻllab-quvvatlashda davom etadi.

Mavzuga aloqador