Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 420 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Zaytun hududi, Dayr al-Balah, Bayt-Lahia, Jabaliya va Nusayrat lagerlariga hujum qildi. Soʻnggi 24 soat ichida Isroil armiyasi tomonidan Gʻazo sektorining turli hududlarida uyushtirilgan “uchta qirgʻin” oqibatida 48 kishi halok boʻldi, 53 kishi jarohatlandi.

▪️2023 yil 7 oktyabrdan buyon Isroilning Gʻazo sektoriga uyushtirgan hujumlarida halok boʻlganlar soni 44 ming 330 nafarga, yaralanganlar soni esa 104 ming 933 nafarga etdi.

▪️Al-Quds brigadalari: Gʻazo shimolidagi ishgʻolchilarning pozitsiyalariga hujum qildik, oʻlganlar va yaralanganlar bor.

▪️Evropa Ittifoqi rahbari: Isroil jamiyati ekstremistlar va zoʻrlovchilar tomonidan ichkaridan mustamlaka qilingan.

▪️YuNRVA rahbari: Gʻazodagi urushda halok boʻlganlarning kamida 70 foizi ayollar va bolalardir.

▪️BMT rahbari: Biz Falastin xalqining tinchlik, xavfsizlik va qadr-qimmat sharoitida yashash huquqini amalga oshirishda birdamligimizni koʻrsatishda davom etamiz.

▪️Husiylar: Hujumlarimiz AQSh Harbiy-dengiz kuchlari tarixida birinchi marta samolyot tashuvchilarning chekinishga majbur boʻlishiga olib keldi. Qizil dengizdan «Eyzenxauer», Arab dengizidan “Abraham Linkoln” aviatashuvchi kemalari qochib ketdi.

▪️Livan Qurolli Kuchlari Isroil askarlarini sulh bitimini buzganlikda aybladi.

▪️Suriyada jangarilar hujumi chogʻida Eron Islom Inqilobi Qoʻriqchilari generali halok boʻldi. Tehron bu hujumni AQSh va Isroilning mintaqani beqarorlashtirishga qaratilgan hiylasi deb atadi.

▪️Isroil parlamenti Isroil ishgʻoliga qarshilik koʻrsatishni qoʻllab-quvvatlovchi, aniqrogʻi arab partiyalarning mahalliy saylovlarda ishtirok etishini taqiqlashga qaratilgan qonunni qabul qildi. Knesset, shuningdek, hukumatni haddan tashqari tanqid qilgani uchun Kan teleradiokorporatsiyasini yopish toʻgʻrisidagi qonunni tasdiqladi.

Mavzuga aloqador