Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 426 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Xon Yunis, Bayt-Laxiya, Gʻazo shahri, Bureyj va Jabaliya lagerlariga hujum qildi. Urush boshlanganidan buyon 44532 kishi shahid boʻldi.

▪️Fashistlarning Xon-Yunis hududidagi chodirlarga uyushtirgan hujumlari natijasida 20 kishi halok boʻldi. Yarmuk tumanining bombalanishi natijasida 25 kishi halok boʻldi. Ularning aksariyati ayollar va bolalardir.

▪️Al-Qassam brigadalari “Sinvar qoni uchun qasos” yagona operatsiyasi doirasida Bayt-Laxiyada 2 ta "Merkava" tankini portlatib yubordi. Jabaliya lageridagi bosqinchilar otryadiga zarbalar berildi.

▪️Bosqinchilar minglab koʻchirilgan odamlarni oʻq yom-irlari va bombardimonlar ostida Bayt Lahiya hududini tark etishga majbur qildi.

▪️Bosqinchilar avgust oyida Xon-Yunisda portlatgan tunnellarda 6 nafar isroillik garovda boʻlganini, ularning barchasi oʻlganini maʻʻlum qildi.

▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar 2 falastinlikni oʻldirdi, oralarida 1 ayol va 2 bola, jami 22 kishi hibsga olindi. Nablusdagi Al-Arabi kasalxonasidan yaralangan bemor oʻgʻirlab ketildi.

▪️Amnesty International: 7 oktyabrdan beri Isroil Gʻazoda jahannam eshiklarini ochdi. Bizda Isroilning Gʻazoda genotsid sodir etgani va qilishda davom etayotgani haqida etarli dalillar bor.

▪️Bugun erta tongda bosqinchilar Livan janubidagi Zavtar va Yarun shaharlariga uch marotaba hujum uyushtirdi.

Mavzuga aloqador