Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 433 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Bayt Lahiya, Xon Yunis, Shayx Radvan, Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga hujum qildi. Kun davomida 69 kishi halok boʻldi.  Urush boshlanganidan buyon 44 805 kishi shahid boʻldi.

▪️Natsistlar Nuseyrat lageridagi Al-Luhlar oilasining uyini portlatib, 15 kishini oʻldirdi, ularning aksariyati ayollar va bolalar edi.

▪️Gʻarbiy Sohilda, Quddusdagi nazorat punktida avtobusning oʻqqa tutilishi natijasida 1 kelgindi oʻldi, 3 tasi yaralandi. Nablusda bir falastinlik halok boʻldi.

▪️Gʻazo Sogʻliqni saqlash vaziri: Gʻazo Isroil dushmanining xunuk va jinoyatchi yuzini oshkor qildi. Shahidlarning jasadlari koʻchalarda sochilib yotibdi, itlar emoqda, ularni evakuatsiya qilib boʻlmaydi.

▪️Urush bolasi: Gʻazo sektoridagi bolalarning 96 foizi oʻlimlari yaqin ekanini his qiladi.

 ▪️Al-Qassam brigadalari: Jabaliya lagerining Al-Xalaf hududida sionist askarlarini yoʻq qildik. Nittsarim hududida bosqinchilar qarorgohiga hujum uyushtirildi.

▪️Amnesty International tashkiloti gʻazolik jurnalist Anas Sharifni 2024 yilgi Inson huquqlari himoyachisi mukofoti bilan taqdirladi.

▪️Gollandiya universitetlari xodimlari universitetlarning Isroil bilan aloqalarini uzish maqsadida ish tashlashdi.

▪️Irlandiya tashqi ishlar vaziri: Hukumatimiz Janubiy Afrikaning Xalqaro sudda Isroilga qarshi daʻʻvosiga qoʻshiladi.

▪️Livan janubida bosqinchilarning hujumi natijasida 5 kishi halok boʻldi.

▪️Isroil bosqinchilari Suriyaning Quneytra qishlogʻidagi druzlar yashaydigan Hadar shaharchasiga bostirib kirdi.

Mavzuga aloqador