Bombalanayotgan Gʻazo: 455-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 455 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Bosqinchilar anklavning barcha hududlariga hujum qilishdi. Bir kunda 90 kishi halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 45581 kishi shahid boʻldi.
▪️Ikkinchi kundirki, natsistlar butun Gʻazo boʻylab aqldan ozgan hujumlari va ommaviy qotilliklarini davom ettirmoqda. Bugun ertalabdan boshlab sektor markazida 17 kishi shahid boʻldi.
▪️Gʻazoda 24 soat ichida ikki jurnalist oʻldirildi. Isroil hujumlari natijasida halok boʻlgan shahid jurnalistlar soni 203 kishiga etdi.
▪️Bosqinchi armiya doktor Xosam Abi Safiya hozir Isroil asirligida ekanligini tan oldi.
▪️Gʻazo hukumati: Gumanitar yordam xodimlari orasida shahidlar soni 736 kishiga koʻtarildi. Bosqinchilar tartibsizlik yaratishga harakat qilmoqda.
▪️YuNISEF: Isroilning zarbasi natijasida "xavfsiz hudud" deb atalgan hududda 5 nafar bola halok boʻldi. Gʻazodagi bolalarning oʻzlarini bomba, sovuq, kasallik va ochlikdan himoya qiladigan joyi yoʻq.
▪️Gʻarbiy Sohilda, Balat lagerida qarshilik jangchilari bosqinchilar bilan shiddatli jang olib bormoqda. Qalkilyoda bir muhojir yaralangan.
▪️Xusiylar bosqinchilarga ballistik raketalarni uchirdi, ulardan biri Quddus yaqiniga kelib tushdi. 150 nuqtada sirenalar yangradi. 12 koʻchmanchi yaralangan.
▪️Isroil Halab sharqidagi Al-Safira hududidagi ilmiy tadqiqot markazlariga hujum qildi. Qayd etilishicha, portlashdan keyin 2,5 magnitudali mahalliy zilzila sodir boʻlgan.
▪️Livan janubidagi shahar va qishloqlar Isroil hujumiga uchradi. Saida shahri yaqinida joylashgan Jabaa shahri eng koʻp zarar koʻrdi.













