Braziliya sudi politsiyaga mamlakatda taʻʻtilda boʻlgan isroillik harbiy xizmatchi ustidan tergov oʻtkazishni buyurdi. Hind Rajab jamgʻarmasi (HRF) tomonidan qilingan shikoyatga koʻra, mazkur harbiy Gʻazo sektorida uylarni buzish boʻyicha amalga oshirilgan operatsiyalarda ishtirok etganlikda gumon qilinmoqda.

HRF advokati Mayra Pinheironing aytishicha, gumonlanuvchining jinoiy harakatlarini tasdiqlovchi video va fotosuratlar mavjud. "Bu odam uylarni vayron qilishda faol ishtirok etgan", dedi u.

Sud Rim statuti qoidalariga amal qilgan holda, mamlakatda jinoyat-protsessual qonunlarga asoslangan holda tezkor tergov harakatlarini oʻtkazish zarurligini taʻʻkidladi. Bu qaror jahon hamjamiyatida jiddiy bahslarga sabab boʻldi.

HRF rahbari Diab Abu Jahja bu voqeani "tarixiy lahza" deb atadi.
"Bu xalqaro huquqni buzgan harbiy jinoyatchilarni javobgarlikka tortish uchun kuchli namunadir",  dedi u.

Sud jarayoni davomida Isroil harbiysining aniq ayblovlar boʻyicha qanday choralarga tortilgani yanada aniqlashtiriladi.

Mavzuga aloqador