Britaniya Gʻazo ustida 450 dan ortiq razvedka parvozlarini amalga oshirdi
Buyuk Britaniya Kiprdagi harbiy havo bazalaridan foydalanib, Isroilning Gʻazoga hujumi davomida 450 dan ortiq razvedka parvozlarini amalga oshirgani maʻʻlum boʻldi. Bu parvozlar, shu jumladan, yaqindagi oʻt ochishni toʻxtatishdan keyingi davrni ham oʻz ichiga oladi.
Falastin huquq himoyachilari va xalqaro kuzatuvchilarning taʻʻkidlashicha, Britaniyaning bunday harakatlari Isroil armiyasiga harbiy razvedka maʻʻlumotlari taqdim etish va uning faol harbiy amaliyotlarini qoʻllab-quvvatlash maʻʻnosini anglatadi. Bu esa Britaniya hukumatini Falastin xalqiga qarshi urush jinoyatlariga sherik qilishini va bosib olingan Falastin hududlarida davom etayotgan etnik tozalashga hissa qoʻshishini koʻrsatadi.
Huquq faollari va siyosiy tahlilchilar Buyuk Britaniyani Isroilga nisbatan iqtisodiy, harbiy va diplomatik sanktsiyalar joriy etishga, shuningdek, Kiprdagi harbiy operatsiyalarni darhol toʻxtatishga chaqirmoqda.













