Yaqinlashib kelayotgan Haj mavsumi oldidan ziyoratchilar oqimini tartibga solish boʻyicha saъy-harakatlar doirasida Saudiya Arabistoni ichki ishlar vazirligi viza muddati tugaganlarni "qattiq jazoga tortilishi"dan ogohlantirdi.


Qonunni buzganlarga 13 ming dollargacha jarima solinishi, olti oylik qamoq jazosi qoʻllanilishi va ular jazoni oʻtab boʻlganidan soʻng deportatsiya qilinishi mumkin.


Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi umra vizasi egalarini jazodan qochish uchun 29 aprelgacha Makkani tark etishga chaqirgan.


Shuningdek, vazirlik ziyorat vizasi egalari Haj ziyoratiga borish huquqiga ega emasligini yana bir bor taъkidlab, barcha xorijlik sayyohlarga viza talablariga qatъiy rioya qilishni tavsiya etgan.


Ushbu chora-tadbirlar fuqarolardan Makkaga kirish uchun rasmiy ruxsat olishni talab qiluvchi qoidani oʻz ichiga oladi, bu 23 apreldan kuchga kiradi. Kirish muqaddas joylarga ishlash uchun ruxsatnomasi, Makkada yashashini tasdiqlovchi hujjati yoki rasmiy Haj ruxsatnomasiga ega boʻlganlar uchun cheklangan.


Maъlumot uchun, Bu yil Haj 6 iyundan boshlanib, 11-iyunda yakunlanishi kutilmoqda.

Mavzuga aloqador